Ob-havo

xalqaro aeroporti

O‘Z UYINGNI O‘ZING ASRA!

Namangan xalqaro aeroportida ishchilar o‘rtasida koronavirus infeksiyasi tarqalishi oldini olish maqsadida bir qator ishlar olib borilmoqda.

Namangan xalqaro aeroportida ishchilarning nazoratdan o‘tish joylari antiseptik vositalar bilan taʼminlangan, kundalik mehnat faoliyati dastavval xodimlarning dezinfikatsiyalash tunnelidan o‘tishi hamda tibbiy uskunalar yordamida tana haroratini o‘lchash bilan boshlanadi.

Xizmat xonalari va texnikalar muntazam koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olishga qarshi zararsizlantirilmoqda. Dezinfeksiya ishlari sanitariya epidemiologik osoyishtalik markazining xodimlari bilan hamkorlikda samarali tashkil qilingan.

Xodimlarning barchasi tibbiy niqob, qo‘lqop, qo‘llarni yuvish uchun sovun va antiseptik-tozalovchi vositalar bilan taʼminlangan. Sog‘ligimizni asrash va atrofdagilarga infeksiyani yuqtirmaslikka barchamiz masʼulmiz. Bu borada doimiy o‘tkazib borilayotgan tushuntirish ishlari, yakka tartibdagi suhbatlar o‘z natijasini beryapti. Matbuot xizmati

Share on facebook
Share on vk
Share on odnoklassniki
Share on telegram
Share on whatsapp
Share on twitter